Menejment
Ta'lim shakli
Kunduzgi
Boshqaruv sohasida o'zini namoyon qilishni istaganlar uchun dastur. Boshqaruvchilik sohasida nufuzli hisoblanadigan ushbu mutaxassislikni o'zlashtiring va menejment, intizom tamoyili, moliyaviy menejmentning barcha jihatlarini o'rganing hamda O'zbekiston yoki Yevropaning eng yirik boshqaruv sohalarining birida o’zingizning o’rningizni egallang.

Ta'lim
Bosqich
Ikkinchi o'quv yilidan boshlab siz Statistika, Operatsion menejment, Biznes matematika, Mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, tashkiliy hulq, sifat menejmenti, Buxgalteriya hisobi kabi modullarga ixtisoslashishni boshlaysiz.
Bosqich
Uchinchi yilning asosiy modullari: strategik menejment, ishlab chiqarish menejmenti, moliya asoslari, ekonometrikaga kirish, innovatsion menejment bilan tanishish.
Bosqich
Birinchi o'quv yilida siz Amaliy matematika, Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar, Chet tili, Iqtisodiy ta'limotlar tarixi, falsafa, O’zbekistonning eng yangi tarixi, dinshunoslik va menejmentga kirish kabi modullarni o'rganasiz.
Bosqich
So'nggi o'quv yilida siz asosan tadqiqot usullari va ko'nikmalarini o'rganasiz hamda yakuniy loyihangiz ustida ishlashni boshlaysiz. Siz ish amaliyoti davomida qo'shimcha ravishda innovatsion menejment, ishlab chiqarish menejmenti kabi ixtiyoriy modullarni o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz
Nimalarni o'rganasiz
Menejmentning nazariy asoslari.
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo menejmenti. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari.
Boshqaruv maqsadi va funksiyalari.
Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish. Maqsadlar. Tashkil qilish. Motivatsiya. A. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi. Muvofiqlashtirish.
Menejment tizimida strategik va taktik rejalashtirish.
Tashkilotlarni strategik boshqarish. Strategik boshqaruv tuzilmasi. Strategik maqsadlarini belgilash. Strategiyani tanlash. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish modellari.
Menejmentda motivlashtirish.
Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati. Extiyojlar va ularning turlari. Motivlashtirish vositasida boshqarishning o‘ziga hos hususiyatlari. Motivlashtirish nazariyalari, X (iks) va U (igrik) nazariyasi, “Kutish” nazariyasi, “Tozalanish nazariyasi”, “Adolatlilik nazariyasi”, “Extiyojlar ustunligi” nazariyalarining mazmuni. Motivlashtirish modellapi va strategiyalari, motivlashtirish strategiyasini tanlashdagi yondoshuvlar, motivatsiya regulyatorlari, motivatsiyaniig iqtisodiy va noiqtisodiy omillari.
Kim bo'lib ishlay olasiz?
Bo'lim boshlig'i
Ish haqi:
12 000 000 so'm
Filial rahbari
Ish haqi:
25 000 004 so'm
Menejer, ish boshqaruvchi
Ish haqi:
5 000 000 so'm
Yetakchi mutaxassis
Ish haqi:
7 000 000 so'm
Bosh mutaxassis
Ish haqi:
10 000 000 so'm
Ko'p beriladigan savollar
O'qishga kirgandan keyin, yo'nalishni yoki ta'lim shaklini o'zgartirsa bo'ladimi?
Universitetda byudjet o'rinlari mavjudmi?
Universitetda forma kiyish majburiymi?
Bir guruhda nechta talaba tahsil oladi?
Universitet rektori kim?
Universitetga tegishli yotoqxonalar bormi?
Universitet qayerda joylashgan?