Umumiy ma’lumot
Ushbu ta’lim yo‘nalishida siz quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
• Ingliz tilshunosligi, umumiy tilshunoslik, ingliz tili tarixi, ingliz dialektologiyasi va sheva matnlari leksikasi tahlili, hozirgi ingliz adabiy tili, matnshunoslik, ilmiy tadqiqot asoslari, sotsiolingvistika, ingliz leksikografiyasi, roman-german tillarining qiyosiy-tarixiy grammatikasi kabi fanlardan chuqur nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish va ushbu bilimlarni ilmiy, amaliy faoliyatda qo‘llay olish;
• Ingliz adabiyoti, qiyosiy adabiyoshunoslikning umumnazariy va uslubiy muammolari, ingliz va jahon adabiy aloqalari masalasini tadqiq qilish orqali tanqidiy qarashni shakllantirish;
• Uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, umumiy pedagogika nazariyasi, o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari haqida, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa tamoyillar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; ta’lim tizimini boshqarish; pedagogik mahorat; umumiy psixologiya; yosh va pedagogik psixologiya; ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi o‘qituvchi shaxsi sifatlari borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarini egallash;
• Sohaga oid jurnallarga maqola va taqrizlar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi pedagogik texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash va topish ko‘nikmasini shakllantirish;
• O‘z mutaxassisligi tillariga oid turli tadbir, anjuman va ma’rifiy suhbatlarni tashkil etish va boshqarish, ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga oshirish, mustaqil maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash;
• Nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va monografiyalar bo‘yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish; noshirlik muassasalarida adabiy xodim bo‘lib faoliyat yuritish, arxiv va muzeylarda ekskursovod, ilmiy xodim sifatida ishlash va sohaga oid ish jarayonini tashkil qilish.